21:14 / 15.12.2015
6651

Server Jyeparov "Ulsan Xyunday" jamoasidan ketdi

O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Server Jyeparovning "Ulsan Xyunday" jamoasidagi faoliyati yakuniga yetdi. 

Janubiy Koreya OAViga asoslanib, championat.asia sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, "Ulsan Xyunday" 29 yoshli braziliyalik Everton Santos va 33 yoshli Server Jyeparov kabi legionerlar bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Yil boshida "Ulsan Xyunday" safiga qo‘shilgan Jyeparov ushbu klub safida 22ta o‘yin o‘tkazib 6ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Jyeparov 2010-2011 yillarda "Seul", 2011-2013 yillarda Saudiya Aabistonining "Al Shabab", 2013-2014 yillarda "Seongnam Ilva Chunma" kabi xorij klublarida faoliyat olib borgan.

Jyeparovning o‘zi ham koreyslar jamoasini tark etgani haqidagi xabarni tasdiqladi.

"Ulsan"ni tark etganim rost. Hozircha ta'tildaman. Faoliyatimni qaysi klubda davom ettirishimni vaqt ko‘rsatadi. Takliflarni keyinroq ko‘rib chiqaman", - deydi Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi.

Top