20:14 / 15.12.2015
4047

Televizor ko‘rayotgan Devid Kemeron memlar qahramoniga aylandi

Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron yangi memlar seriyasi qahramoniga aylandi, deya xabar bermoqda Daily Mirror. Bunga bosh vazir o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasiga fotosuratini joylashtirgani sabab bo‘ldi. Ushbu fotosuratda siyosatchi Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromida Xalqaro kosmik stansiyaga «Soyuz TMA-19M» raketasi uchirilishiga bag‘ishlangan televizion translyatsiyasini tomosha qilayotgani tasvirlangan.

Ekipaj tarkibida britaniyalik astronavt Tim Pik ham bor.

Nashrning qayd etishicha, Birlashgan Qirollik so‘nggi 24 yil ichida o‘zining ilk astronavtini koinotga uchirdi. Kemeron esa mazkur jarayonni televizor orqali tomosha qilgan. U o‘z suratini internetda e'lon qilganidan so‘ng fotosurat asosida ko‘p sonli memlar yaratildi.

Jumladan, internet foydalanuvchilari bosh vazirning o‘rindiqda to‘g‘ri o‘tirishni bilishi bilan qiziqqan. “Devid Kemeron qanday qilib televizor ko‘rish kerakligini qo‘llanmadan o‘rganib, buni uddalay olmayotgan odamga o‘xshaydi”, - deb yozadi izoh beruvchilardan biri. Ular Kemeronning televizor ko‘rib turgan ilk fotosurati ekanini ham ta'kidlab o‘tishgan.

Mem mualliflari Kemeronning televizor orqali nima ko‘rishi mumkinligi borasidagi turli-tuman variantlarni keltirishgan. Masalan, bosh vazir “Yulduzlar jangi” filmini tomosha qilayotgani, boshqa birida esa u cho‘chqalar to‘g‘risidagi ko‘rsatuvni ko‘rayotgani tasvirlangan.

Top