22:11 / 15.12.2015
3608

Xitoydagi restoranlaridan biri o‘z mijozlaridan toza havo uchun qo‘shimcha haq ola boshladi

Xitoyning sharqida joylashgan Chjantszyagan shahridagi restoranlardan biri o‘z mijozlaridan havoni tozalab beruvchi yangi filtrlangan tizim uchun kichik miqdorda qo‘shimcha haq olib qolishni boshladi. Uning miqdori bir yuanni tashkil etadi.

Amaldorlar mijozlarning noqonuniy qo‘shimcha haq to‘g‘risidagi shikoyatlarini inobatga olib yig‘ilish o‘tkazishdi. Mahalliy hokimiyat vakillari toza havo mahsulot singari sotilmasligini va sotib olinmasligini e'tirof etib, qo‘shimcha haqlarni bekor qildi.

Ushbu mavzuni ijtimoiy tarmoqlarga ko‘tarib chiqqanlar ikki guruhga bo‘linishdi. Kimdir qo‘shimcha haqning keragi yo‘q desa, boshqa birov toza havodan nafas olish uchun arzimagan pulni to‘lashga tayyor ekanligini bildirdi.

Top