00:23 / 15.12.2015
3111

Xosep Gvardiola: “Yuventus” – bu “Barselona”, “Real” va “Bavariya” darajasidagi jamoadir

“Bavariya” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasining 1/8 final uchrashuvlari haqida o‘z fikrini bayon qildi.

“Biz o‘tgan yilgi musobaqaning finalchisi hamda Yevropaning eng kuchli jamoasi bilan o‘ynaymiz. “Yuventus” “Barselona”, “Real” va “Bavariya” darajasidagi kuchli jamoadir. U so‘nggi yillarda Italiyada yaxshi natijalar qayd etib kelmoqda.

Bu jamoaning psixoloniyasi juda zo‘r. Ular faqat va faqat g‘alaba qozonishni istashadi.
Oldinda ikkita hayot-mamot uchrashuvi kutib turibdi.Men Italiyaga qaytganimdan xursandman”, – dedi kataloniyalik.

Top