00:51 / 16.12.2015
3066

“Milan” xodimi jamoa formasini o‘g‘irlagani uchun hibsga olindi

Politsiya “Milan” jamoasi xodimini klub formasini o‘g‘irlagani bois qo‘lga oldi.

Jamoa vitse prezidenti Adriano Gallianining sobiq rafiqasining akasi Mustafo Medxun 12 yildan beri jamoada faoliyat yuritadi va u so‘nggi paytlarda o‘z xatti-harakatlari bilan boshqalarda shubha uyg‘ota boshlagan.

Klub kiyinish xonalarida videokameralar o‘rnatadi va shunda Medxunning u yerdan sport kiyimlari va anjomlarini o‘g‘irlayotganini fosh qiladi.

Medxunning uyi tekshiruvdan o‘tkazilganida u yerdan yuzlab sport buyumlari topilgan.

Top