13:47 / 16.12.2015
3392

Alibaba Group rahbari Qozog‘iston bosh vazirining maslahatchisiga aylanishi mumkin

15 dekabr kuni Xanchjou shahrida Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov Xitoyning eng yirik internet korporatsiyasi Alibaba Group boshqaruvi raisi Jyek Ma bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati rahbarining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Uchrashuv chog‘ida suhbatdoshlar to‘lov tizimlari, bulutli hisob-kitoblar texnologiyalari, shuningdek, internet-xaridlarning biznesning eksport imkoniyatlariga ta'siri xususida fikr almashishdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Masimov Maga o‘zining maslahatchisi sifatida hamkorlik qilish haqida taklifni bildirdi.

Top