18:01 / 16.12.2015
3565

Bo‘stonliq tumanida gaz nazoratchilarining qilmishlari oshkor etildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani gaz idorasi nazoratchilari Dilnoza Boboyeva va Javlon Rustamovlarning qilmishlari fosh etildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Boboyeva o‘ziga biriktirilgan hududda yashovchi Komil Qo‘chqorov hammoda isitish pechini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olganiga guvoh bo‘lib, bu pechni hujjatlashtirib berish bahonasida undan 150 ming so‘m pul olgan. U hamkasbi Javlon Rustamov ko‘magida ushbu xonadonga yozilgan dalolatnomani kompyuterga kiritib, Qo‘chqorovning uyini qarzdorlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ygan.

So‘ng ular Qo‘chqorovga uchrab, bu qarzni uzib berish uchun undan 250 ming so‘m so‘ragan. O‘tgan safar ham firibgarlarga pul berib qo‘ygan fuqaro sergak tortib, tegishli joylarga ariza bilan murojaat qilgan. Natijada gaz nazoratchilari undan pul olayotgan chog‘da pora ustida qo‘lga tushirilgan.

Top