10:27 / 16.12.2015
3694

Euronews O‘zbekistonning buddaviy merosiga bag‘ishlangan dasturni namoyish etdi

Euronews telekanali “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan hamkorlikning davomi o‘laroq 15 dekabr kuni Uzbekistan life dasturining “Termizning buddaviy merosi” nomli yakuniy, 3-sonini namoyish etdi.

Ushbu ko‘rsatuvda Termiz yaqinidagi Fayoztepa arxeologik manzilgohining milod boshlariga doir buddaviy madaniyati qoldiqlari namoyish etildi. Arxeolog, tasviriy san'at markazi rahbari Bahodir Turg‘unov qariyb 2 ming yil muqaddam qurilgan ushbu kompleks haqida atroflicha ma'lumot berdi.

Reportaj translyatsiyasi 20 dekabrga qadar davom etadi. Shuningdek, uni telekanal sayti – Euronews.com orqali ko‘rish imkoniyati mavjud.

Top