18:18 / 16.12.2015
2297

Germaniya ijtimoiy tarmoqlariga muhojirlarga nisbatan haqoratli so‘zlarni o‘chirib tashlashga 24 soat vaqt berildi

Germaniya adliya vaziri Xayko Maas Facebook, Google Plus va Twitter ijtimoiy tarmoqlarining mahalliy segmentlari ma'murlari ushbu platformalarda paydo bo‘layotgan muhojirlarga nisbatan yozilgan haqorat va tahdidlarni 24 soat ichida o‘chirib tashlashga rozi bo‘lishganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Chora onlayn irqchilikka qarshi kurash doirasida qabul qilindi.

Maasning so‘zlariga qaraganda, kelishuv asosida bunday xabarlarni ajratib olish ijtimoiy tarmoqlarning ichki qoidalari asosida emas, Germaniya qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.

13 dekabr kuni Facebook’ning Gamburgdagi ofisi vandallar hujumiga uchradi. Ular bino derazalarini sindirib, devorga Facebook dislike deb yozib ketishdi. OAVning taxminlariga ko‘ra, bu hujumning boisi ijtimoiy tarmoqning haqoratli xabarlarni o‘chirishga shoshilmagani bo‘lishi mumkin.

Sentyabrda ijtimoiy tarmoq vakillari muhojirlarga qarshi nashrlar monitoringi bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruh tashkil etilishini Germaniya hukumatiga ma'lum qildi.

Top