21:45 / 16.12.2015
3843

Hyundai yangi gibridining dizaynini namoyish qildi

Hyundai kompaniyasi Ioniq eko-modelining eksterer va intererini namoyish qiluvchi navbatdagi tizer (sirli reklama xabari)larni taqdim etdi. Janubiy Koreya markasi vakilining tasdiqlashicha, u uch xil turdagi elektrlashtirilgan quvvat agregatlariga ega dunyodagi ilk seriyali model bo‘ladi.

Hyundai Ioniq litiy-ion akkumulyatorlar jamlanmasidan quvvat oladigan to‘liq elektrlashtirilgan qurilma hamda xo‘jalik elektr tarmog‘idan quvvatlanish imkoniyatiga ega benzin-elektrli gibrid motor bilan ta'minlanishi mumkin.

Nihoyat, modelda ichki yonuv dvigateli faqatgina qo‘shimcha batareyalarni to‘ldiruvchi generator vazifasini bajaruvchi gibrid modifikatsiyaga ham ega bo‘ladi. Koreyslarning Ioniq uchun 105 ot kuchiga ega 1,6 litrli atmosferali motordan foydalanishi istisno etilmayapti.

Hyundai Ioniq asosida Kia Niro krossoveri ham bunyod etiladigan shosse yotadi. U dvigatellarning turli qoliplari va litiy-ion akkumulyatorlarning bloklarini o‘rnatishni hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqarilgan.

Hyundai Ioniq va Kia Niro 2016 yil bahorida bo‘lib o‘tadigan Jyeneva avtosalonida namoyish etiladi. Ushbu avtomobillar Yevropada 2016 yilning ikkinchi yarmidan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Top