17:44 / 16.12.2015
15457

Jarixin: O‘zbekiston G‘arb va Sharq o‘rtasida muvozanat saqlashga urinmoqda

Xitoy Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida erkin savdo zonasini tashkil etib, 2020 yildan tovarlarning erkin aylanmasiga o‘tmoqchi. MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Jarixin nega O‘zbekiston bunday hamkorlikdan bosh tortganini tushuntirib berishga urindi.

Chjenchjouda o‘tgan ShHT davlatlari hukumat rahbarlari sammitidagi chiqishida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov erkin savdo zonasi loyihasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan ShHT rivojlanish loyihasida ko‘zda tutilmaganini ta'kidlab o‘tdi.
Jarixinning fikricha, bunday yondashuv iqtisodiy sabablar bilan emas, O‘zbekiston rahbariyatining ko‘p vektorli siyosati bilan tushuntiriladi.

“Ma'lumki, O‘zbekiston o‘z vaqtida KXShT va YeIIdan chiqib ketdi. Bu mamlakat prezidentining siyosati. U G‘arb va Sharq o‘rtasida muvozanatning saqlanishi yolg‘iz ShHT bilan hamkorlikdan ko‘ra manfaatli deb biladi. Bu uning tanlovi”, - ta'kidladi Jarixin.
Uning fikricha, O‘zbekiston bugunda bir tomondan, Rossiya va Xitoy, boshqa tomondan esa AQSh boshchiligida yuzaga kelayotgan ittifoqlar bilan bir xil masofa saqlashga intilmoqda va neytral bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, ekspert O‘zbekiston, tashabbusdan bosh tortganiga qaramay, tashkilot doirasidagi davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini tan oldi.

Kecha Azimov ham respublika Chjenchjou yig‘ilishida qabul qilingan 2016-2021 yillarda ShHT davlatlari bojxona xizmatlari hamkorligi dasturining, shuningdek, ShHTning 2025 yilga qadar rivojlanish strategiyasi bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning samarali amalga oshirilishini ta'minlashga jiddiy ahamiyat berayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top