08:55 / 16.12.2015
6926

Klinton musulmonlarga: AQSh – sizning mamlakatingiz

AQSh prezidentligiga demokratlardan nomzod Hillari Klinton mamlakat rahbariyatini musulmon jamoalari bilan ishlab, ularning radikallashuviga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi, deb xabar beradi CNN telekanali.

Telekanal shahlovchisi Den Merikning Twitter orqali xabar qilishicha, Klinton xonim odamlarni musulmonlarga nisbatan nafrat ruhidagi provokatsion bayonotlar va so‘zlardan tiyilishga undagan. Uning fikricha, terror sivilizatsiyalar to‘qnashuvi bo‘lmay, balki sivilizatsiyaning yovvoyilikka ro‘baro‘ bo‘lishidir.

“Bu sizning mamlakatingiz, va men sizga birodar amerikalik ekanligimdan faxrlanaman”, - dedi siyosatchi, musulmon jamoasiga murojaat qilarkan.

Top