19:06 / 16.12.2015
4244

Makedoniya o‘z nomini o‘zgartirish bo‘yicha Gretsiya bilan muzokara olib borishga tayyor

Makedoniya bosh vaziri Nikola Gruyevskiy mamlakat nomini o‘zgartirish bo‘yicha Gretsiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda The Guardian.

“Biz buni muhokama qilish, ular bilan muloqotni boshlash hamda yechim topishga tayyormiz”, - dedi u.

Rejaga ko‘ra, mazkur masala Makedoniya Tashqi ishlar vaziri Nikola Popovskiyning 17 dekabr kuni Afinaga qiladigan tashrifi doirasida muhokama qilinadi.

Makedoniya Gretsiyada xuddi shu nomdagi hudud mavjudligi sababli Afina tomonidan ushbu davlatning NATO hamda Yevropa Kengashiga a'zo bo‘lishiga taqiq qo‘yib kelinmoqda. Mazkur masalaga yechim topilishi 24 yildan buyon davom etib kelayotgan bahslarga nuqta qo‘yadi.

Bundan avvalroq esa Makedoniya nomlanishi bilan bog‘liq muammo hal etilishi bilan NATOga a'zo bo‘lishi ma'lum qilingan edi.

Top