11:47 / 16.12.2015
4991

Makkeyn: AQShning musulmon davlatlarga ta'siri kamayib bormoqda

Saudiya Arabistoni tomoindan aksilterror koalitsiyasining tashkil etilishi AQShning musulmon davlatlarga ta'siri kamayotganligidan hamda ularning Vashingtonga bo‘lgan ishonchi susayganidan dalolat beradi.

Bu haqda AQSh Kongressining qurolli kuchlar bo‘yicha senat qo‘mitasi raisi, respublikachi senator Makkeyn tomonidan tarqatilgan bayonotda aytildi.

“AQSh ma'muriyati vakillari 34 musulmon davlati ishtirokidagi koalitsiyaning tuzilish rejasidan tamoman bexabar qolganligi AQShning eng yaqin arab hamkorlarimizga bo‘lgan ta'siri kamayotganidan dalolat beradi”, - deyiladi xabarnomada.

Makkeyn, shuningdek, ar-Riyodga koalitsiya tuzilishi munosabati bilan minnatdorchilik bildirib, AQShni u bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Top