15:10 / 16.12.2015
2517

Medvedev: internet davlat boshqaruviga muhtoj, lekin u erkinlik ruhini saqlab qolishi lozim

Xitoyning Uchjen shahriga tashrif chog‘ida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev internet masalalari bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

O‘z chiqishida RF hukumati rahbari internet uchun qoidalar ishlab chiqish hamda erkinlik ruhini saqlab qolish o‘rtasida oltin o‘rtaliqni topish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

“Bugun raqamli inqilob ta'siri ostida o‘zgarmagan hayotning biror sohasini esga olish qiyin, - dedi u. – Aynan elektron servislar taraqqiyot g‘ildiragini aylantirmoqda.

Shu bilan bog‘liq ravishda, mening fikrimcha, hukumatlar internetning erkinlik ruhini undagi mukammal fe'l-atvor qoidalari bilan uyg‘unlashtirish yo‘llarini qidirishlari zarur”.

“Internet kelajakda ochiq, global va taqsimotli resurs bo‘lib qolishi lozimligini yaxshi tushunamiz.

Shu bilan birga, davlat nazorati, tarmoqni boshqarish unsurlari zarur, va ular ayrim mamlakatlarda joriy etila boshladi.

Bunday nazorat axborotga erkin ega bo‘lish huquqi hamda fuqarolarning xavfsizligi va fundamental huquqlarini ta'minlaydigan qonuniy talablar o‘rtasidagi balansni saqlashi talab qilinadi”, - qo‘shimcha qildi Medvedev

Top