18:44 / 16.12.2015
3778

«Lokomotiv» Vitaliy Denisovni qo‘lga kiritish uchun uning agentiga 1,6 million yevro sarflagan

Rossiyaning «Lokomotiv» klubi xorvatiyalik himoyachi Vedran Chorlukaning «Tottenhem»dan transfer qilinishini tashkillashtirgan agenti Dmitriy Kudertsevga 20,6 million rubl to‘lab berishi kerak. Bu haqda «Izvestiya» nashri xabar tarqatmoqda.

2012 yilda «Lokomotiv» oltita transferni amalga oshirgan va buning uchun xizmat ko‘rsatgan agentlarga jami 5 million yevro va 41,35 million rubl sarflagan. 2012 yildagi kurs bilan solishtirganda umumiy summa taxminan 6 million yevroni tashkil qiladi.

«Lokomotiv» 2012 yilda «Dinamo» xarid qilingan Aleksandr Samedov transferi uchun agent Sergey Shevchenkoga 20,75 million rubl to‘lab berishi lozim.

Manbaning yozishicha, «Lokomotiv» O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovni sotib olish uchun 2013 yilning 13 yanvarida 1,6 million yevro sarflagan. Futbolchi "Dnepr"dan erkin agent sifatida Rossiyaga kelgan bo‘lsada, uning agentlariga yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi mablag‘ sarflagan.

Top