08:40 / 16.12.2015
2182

Nigeriya shimolida jangarilar hujumi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimoli-sharqidagi 3ta qishloqqa jangarilar hujum uyushtirishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni kamida 30 nafarni tashkil etmoqda.

Le Figaro nashrining mahalliy amaldorlardan biriga asoslanib, xabar qilishicha, yana 20 kishi tan jarohatlari olishgan. Qayd etilishicha, jangarilar odamlarni boltalar va machete bilan chopib o‘ldirishgan.

Hukumat ushbu hujumlar "Boko Haram" jangarilari tomonidan amalga oshirilganini iddao etgan. Bu tashkilot 2015 yilning martida IShIDga sadoqat izhor etgandi.

Bundan oldinroq, Nigeriya qo‘shni davlatlar Niger va Chad bilan birgalikda terrorchi tashkilotlarga qarshi musulmon koalitsiyasi tarkibiga kirgandi. Bu koalitsiya Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan tuzildi va Ar-Riyoddan turib boshqariladi.

Top