18:26 / 16.12.2015
2091

Platini FIFAning axloq qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

UYeFA prezidenti Mishel Platini FIFAning Axloq qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etmaslikka qaror qildi.

Reyter agentligi xabarida aytilishicha, bu yig‘ilish 18 dekabrga belgilangan.

Shu yilning oktabr oyida FIFA axloq qo‘mitasi tashkilot prezidenti Yozef Blatterni va UYeFA rahbari Mishel Platinini noqonuniy ravishda pul o‘tkazmalarini amalga oshirgani uchun 90 kunga futboldagi faoliyatidan chetlashtirgandi.

Bundan oldin Blatter va Platini 16-18 dekabr kunlari FIFA axloq qo‘mitasi oldida chiqish qilishi haqida xabar berilgandi.

Top