22:31 / 16.12.2015
4663

Qirg‘iziston hukumati dollar kursi bo‘yicha prognoz berishdan xavfsiramoqda

Qirg‘iziston hukumati dollar kursi bo‘yicha prognozlar berishdan qo‘rqmoqda. Bu haqda 16 dekabrda parlament yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari Oleg Pankratov ma'lum qildi.

“Hukumat ham, Milliy bank ham prognoz qilmayapti, chunki u haqda ma'lum bo‘lsa, nima boshlanishini bilasizmi? Barcha dollar sotib olishga tushib ketadi, sarosima boshlanadi, shuning uchun biz uchta ssenariy – optimistik, pessimistik va betaraf ssenariy bermoqdamiz”, deb aytdi Pankratov deputatlardan birining savoliga.

Deputat neft va dollar narxiga prognoz beruvchi ichki farmoyishlar mavjud bo‘lgan Qozog‘iston va Rossiyani misol qilib keltirdi. “Bizning hukumat shunday ish qiladimi? Davlat ulushiga ega kompaniyalarga kelgusidagi xaridlarni chamalash yoki xorijiy valyuta o‘sishi bilan kreditlar olish bo‘yicha maslahatlar beradimi?”, deb aytdi deputat.

Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligi vakili prognozlarda neft narxi hisobga olinishini, biroq “bu holat Qirg‘iziston iqtisodiyotiga bevosita ta'sir ko‘rsatmasligini, ko‘rsatsa ham Rossiya va Qozog‘iston orqali bilvosita ko‘rsatishini” aytdi.

Top