17:56 / 16.12.2015
3773

"River Pleyt" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqdi

16 dekabr kuni Argentinaning "River Pleyt" jamoasi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Yaponiyaning "Sanfrechche Xirosima" jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Yaponiyaning Osaka shahrida tashkillashtirilgan bu bellashuvda argentinaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishib, finalga yo‘l olishdi.

O‘yindagi yagona gol 72 daqiqada Lukas Alario hisobiga yozilgan.

Yarim finalning ikkinchi juftligi "Barselona" va "Guanchjou Evergrand" (Xitoy) jamoalaridan tarkib topgan. Bu jamoalar o‘rtasidagi bahs 17 dekabr kuniga belgilangan.

Final esa 20 dekabr kuni Yokogama shahrida o‘tkaziladi.

Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – River Pleyt (Argentina) 0:1
Gol: Alario, 72
Sanfrechche: Xayasi, Kasiva (Mikich, 61), Siotani, Chiba, Sasaki, Simizu, Duglas, Aoyama, Chadjima (Sato, 76), Minagava (Asano, 66)
River: Barovero, Merkado (Mayada, 85), Maydana, Balanta, Vandjoni, Kranevitter, Karlos Sanches, Piskulichi (Vyudes, 64), Pontsio (Lucho Gonsales, 57), Mora, Alario

Top