01:02 / 16.12.2015
4061

Rossiyaning Birinchi kanal, “Rossiya 1” va “Match TV” telekanallari Yevro-2016 ni namoyish etadi

Futbol bo‘yicha Yevro-2016 bahslarini Rossiyaning Birinchi kanal, “Rossiya 1” va “Match TV” telekanallari namoyish etadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra Rossiya telekanallari va UYeFA vakillari o‘rtasida shartnoma imzolangan. Shartnoma qiymati 30 million yevro atrofida baholangan.

Birinchi kanal va “Rossiya 1” reytingbop va Rossiya terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni olib ko‘rsatadi. Qolgan o‘yinlar esa “Match TV” da namoyish etiladi.

Top