15:03 / 16.12.2015
6578

Shifokorlar entsefalotsele kasalligidan aziyat chekayotgan bola ustida jarrohlik amaliyoti o‘tkazishdi

21 oy muqaddam Uelsda g‘ayritabiiy bola dunyoga keldi. 2 yoshli Olli Treyzis entsefalotsele, ya'ni bosh suyagi-miya dabbasidan aziyat chekadi. Bu xastalikdan uning yuz skeleti, aynan burni kengayib ketmoqda edi.

informvest.net nashrining ma'lum qilishicha, bir necha jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng shifokorlar bu nuqsonni qisman bartaraf qilishga muvaffaq bo‘lishgan.

Miyasi burni ichida o‘sayotgan bolakay masxara va haqoratlar obektiga aylanib qolgan edi. 22 yoshli ona Emi Pulning tan olishicha, ko‘chada uni uchratgan ayrim notanishlar ham o‘zlarini haqoratli so‘zlardan tiyib qololmagan.

Birmingem shifoxonasi xodimi Martin Evans Ollini operatsiyadan o‘tkazib, entsefalotsele oqibatlarini qisman to‘g‘irladi.

Mediklar uning burun teshiklarini ochib, erkin nafas olishiga imkoniyat yaratib berishdi.

Kelajakda bola yana bir necha marotaba jarrohlik stoliga yotadi.

Shifokorlar xastalikning borishiga aralashishlari uchun bolaning bosh suyagi qanday rivojlanayotganini o‘rganib borishlari lozim.

Top