14:18 / 16.12.2015
2658

Sidneyda shiddatli dovul va do‘l kuzatildi

Avstraliyaning eng yirik shahri bo‘lmish Sidneyda shu chorshanba kuni shiddatli dovul va do‘l kuzatildi.

Reuters agentligining ma'lum qilishicha, dovul golf to‘pi hajmidagi do‘l va 200 km/soat tezlikdagi shamolni keltirib chiqargan.

Shamol daraxtlarni qulatgan va elektr ta'minoti liniyalariga zarar keltirgan, shuningdek, toshqinlar kelib chiqqan.

Sidneyning janubida 6 ming uy elektr quvvatisiz qolgan, qutqaruv xizmatlariga 200dan ortiq qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan.

Avstraliya metereologiya xizmati chorshanba kuni kamyob tornado kuzatilishidan aholini ogohlantirgan edi.

Sidney janubidan kirib kelgan tabiiy ofat bir qator xalqaro va ichki reyslarning boshqa shaharlarga yo‘naltirilishiga olib keldi.

Top