10:34 / 16.12.2015
4749

Suriya bo‘yicha murakkab masalalarda Rossiya va AQSh pozitsiyalari yaqinlashmoqda

Moskva va Vashington o‘rtasida Suriya bo‘yicha murakkab masalalarda yaqinlashish kuzatilmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerrining bayonotiga asoslangan holda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Haqiqatdan ham, biz bir qancha sohalarda til topishib, terroristik guruhlarning murakkab tasniflari to‘g‘risida muloqot olib bordik.

Biroq hozircha ikki tomonlama muzokaralarda nimalarga kelishganimiz to‘g‘risida ayta olmayman. Chunki barcha guruhlar (Suriyaga ko‘mak borasida) mazkur muzokaralarda ishtirok etishlari va o‘z ahamiyatiga ega qaror va natijalarga o‘z hissasini qo‘shishlari lozim.

Biroq biz barcha murakkabliklarni qanday hal etishimiz borasidagi pozitsiyalarda yaqinlashuvga erishdik. IShID va “An-Nusra”, so‘zsiz, mazkur jarayon doirasida ekaniga kelishdik. Bularning barchasi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi”, - dedi u.

Xabarda 18 dekabr kuni Nyu-Yorkda tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasida Suriyaga ko‘mak guruhining navbatdagi uchrashuvi tashkil etilishi ma'lum qilindi.

Top