16:34 / 16.12.2015
8398

Turkiya Rossiyaga Su-24 uchun tovon puli to‘lamasligini bildirdi

Turkiya rossiyaliklarga ularning urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun yetkazilgan moddiy zararni qoplab bermasligini bildirdi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Tanju Bilgich ma'lum qildi.

"Rossiyaning Su-24 samolyoti uchun tovon to‘lash bo‘yicha talabini bajarishning iloji yo‘q", degan u CNN Turk telekanali orqali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Turkiyaga Su-24 samolyoti turklar chegarasini buzib o‘tmaganini isbotlab bermadi.

Bundan oldinroq, Rossiya munosabatlarni qayta tiklash uchun Turkiya qarshisiga uchta shart qo‘ygan, ulardan biri sifatida urib tushirilgan samolyot uchun tovon puli talab qilgandi.

Top