18:05 / 16.12.2015
5748

Ukraina IIV Yanukovich oilasi arxivini topib oldi

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakovning Facebook’dagi sahifasi orqali ma'lum qilishicha, vazirlik xodimlari sobiq prezidentiga tegishli arxivni topib olishgan.

“Ukraina milliy politsiyasi davlat fiskal xizmati va bosh prokuratura bilan birgalikda maxsus operatsiya o‘tkazib, uning davomida Yanukovich oilasiga tegishli arxivni qo‘lga kiritdi. U sobiq prezidentning shaxsiy hujjatlari, uning moliyaviy operatsiyalari, 300dan ortiq ofshor kompaniyalari muhrlari va hujjatlari, Tantalit va Mako hamda Yanukovich banklari hisob-kitoblari hujjatlari, Mejgiredan Xonkagacha, Gongkongdan Shveytsariyagacha bo‘lgan ko‘chmas mulk egaligi hujjatlarining originallaridan iborat edi”, - deb yozdi mansabdor.

Top