00:15 / 16.12.2015
4506

Windows 7 va 8 foydalanuvchilariga yangi Windows 10 tizimini “hozir” yoki “tunda” yangilash xabar qilinmoqda

Windows 7 va 8 foydalanuvchilari Microsoft Windows 10 tizimiga yangilashga da'vat etuvchi xabarlar olishni boshladi. Ushbu xabarda faqatgina ikkita variant bo‘lib, ular: “Hozir yangilash” va “Tunda yangilash”dir, deb ma'lum qilmoqda InfoWorld.

Shu sabab foydalanuvchilarning xabar berishicha, ular ushbu yangilanishni batamom inkor eta olishmayapti: chap burchakdagi qizil “kristik” belgisini bosgan bilan, xabar yana va yana qayta chiqaveryapti.

Microsoft oldin ham o‘z foydalanuvchilarini katta hajmli yangilanishlarni qshllashga majbur etgan edi, deyiladi manbada.

Top