22:05 / 16.12.2015
2233

Xitoy sharqidagi restoranda ro‘y bergan portlash natijasida eng kamida yetti kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Futszyan provinsiyasidagi restoranda ro‘y bergan portlash natijasida eng kamida yetti kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 18:30 (Toshkent vaqti bilan 15:30) atrofida sodir bo‘lgan. Portlash restoran oshxonasida vujudga kelgan.

Ayni paytda hodisa sabablari va tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Top