07:53 / 16.12.2015
4952

Xitoyda ShHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari uchrashuvi boshlandi

Xitoyda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlari hukumat rahbarlari uchrashuvi boshlandi. Tashkilotga O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi. Tashkilotda Afg‘oniston, Belarus, Hindiston, Mo‘g‘iliston, Eron va Pokiston kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi.    

Uchrashuvda O‘zbekistondan bosh vazir birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashgandan keyin Internetni boshqarish bo‘yicha ikkinchi butunjahon anjumanini ochishadi.

Anjumanda kiberxavfsizlik, internet-innovatsiyalar va savdoning rivojlanishi masalalari muhokama qilinadi.   

Top