09:25 / 17.12.2015
7329

AQShda musulmonlarni o‘ldirish uchun rentgen qurilmasi yaratishga harakat qilgan erkak 8 yilga qamaldi

AQShda Erik Feyt ismli 57 yoshli erkak musulmonlarni o‘ldirish uchun ko‘chma rentgen qurilmasi yaratishda yordam bergani uchun 8 yillik qamoq jazosiga tortildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, qurilma beziyon bo‘lgan va undan hech kim jabr ko‘rmagan.

2013 yilda Feyt ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga urinish uchun hozirda jazo hukmini kutayotgan o‘zining 51 yoshli sherigi Glendon Skott Krouford bilan hibsga olingan.

2014 yilda Feyt terrorchilarga moddiy ko‘mak ko‘rsatganini tan olgan.

Axborot agentligining aytishicha, tergov Feytning sherigi Krouford ortidan u FQB tomonidan yollangan ku-klus-klan (AQShda oq tanlilarni boshqa irqdagi odamlardan ustun qo‘yuvchi millatchi guruh) boshlig‘idan yordam olmoqchi bo‘lganda 2012 yilda kuzatuv o‘rnatgan.

 

Top