14:43 / 17.12.2015
2520

Brent neftining barreli 37 dollarga tushib ketdi

17 kungi sotuvlarda AQSh zaxiralarining o‘sishi haqidagi ma'lumotlar tufayli energetik resurslar narxining tushishi davom etdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Brent rusumli neftning fevral fyucherslarining narxi Londonning ICE Futures birjasida 1 barreliga 37.13 dollargacha tushib ketdi. 16 dekabr kuni oxirgi marta sotuvga qo‘yilgan yanvar fyucherslari narxi 37.19 dollarga tushdi.

“Yilning bu faslida neft zaxiralarining o‘sishi juda kuchli salbiy unsurdir, negaki neft mahsulotlariga bo‘lgan talabning yuqoriligi munosabati bilan zaxiralarning tushishi kutilmoqda. AQShdan neft eksport qilish taqiqining bekor qilinishi Brent va WTI’ga ta'sir qildi, lekin narxlarga bevosita ta'sir ko‘rsatmasa kerak”, — dedi Samsung Futures xom ashyo bozorlari tahlilchisi Xon Sun Ki.

Ilgari xabar qilinganidek, AQSh Kongressi fraksiyalari yetakchilari neft eksporti taqiqini bekor qiluvchi qonun loyihasi bo‘yicha murosaga erishdi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish bugun, payshanba kuni, bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng u Senat o‘qishiga kiritiladi.

AQSh energetika vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, neftning tovar zaxiralari mamlakat bo‘ylab 4.8 mln barrelga o‘sib, 490.7 mln barrelni tashkil qilgan. Bu 1930 yildan buyon kuzatilgan maksimumdir.

Top