20:01 / 17.12.2015
10555

"Chelsi" Joze Mourinoni iste'foga chiqardi

Londonning "Chelsi" jamoasi portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoni bosh murabbiylik lavozimidan iste'foga chiqardi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida "Chelsi" rahbariyati 52 yoshli mutaxassisning kelajagini muhokama qildi. Majlisda murabbiyning keyingi oylardagi faoliyati tanqid qilingan va yakunda uni ishdan bo‘shatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Jamoa unga mavsum oxirigacha maosh to‘lashda davom etishi aytilgan.

Qayd etish kerakki, jamoani o‘tgan mavsumda jamoani chempionlikka yetaklab kelgan Mourino shu yilning 7 avgust kunida yangi 4 yillik shartnoma imzolagandi.

Uning o‘rniga jamoani mavsum oxirigacha boshqarib turishi uchun Guus Xiddink taklif etilishi aytilmoqda.

Shuningdek, jamoada ish boshlashi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida "Bavariya"ni mavsum so‘ngida tark etadigan Hosep Gvardiola, ishsiz yurgan murabbiylar Xuande Ramos hamda Brendan Rodjyers nomlari bor.

Qayd etish kerakki, "Chelsi" joriy mavsumda Mourino murabbiyligida APL doirasida o‘tkazilgan 16 o‘yindan keyin 15 ochko to‘plagan holda 16 o‘rinda joylashgan.

Shevchenko «Chelsi»da ish boshlashi mumkin

"Chelsi"ni mavsum yakunigacha Xiddink, yangi mavsumda Simeone boshqarishi mumkin

Mourino: "Chelsi" futbolchilari menga xiyonat qilishdi va endi APLning kuchli to‘rtligiga kira olmaymiz

Mourino qishki transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirish orqali muammolarni hal qilmoqchi

Joze Mourino: "Chelsi"ni bunday ahvolda ko‘rish qayg‘uli

Joze Mourino: "Chelsi" bilan 10 yillik shartnoma tuzishga qarshi emasman

Top