21:46 / 17.12.2015
2495

China Southern Airlines aviakompaniyasi va uning sho‘'ba aviakompaniyasi 10,1 mlrd dollarga 110 ta Boeing samolyoti sotib oladi

China Southern Airlines aviakompaniyasi va uning sho‘'ba aviakompaniyasi Xiamen Airlines 110 ta Boeing samolyoti sotib oladi, deb aytilmoqda kompaniya xabarida.

China Southern Airlines 30 ta Boeing-737NG va 50 ta Boeing-737MAX samolyotiga buyurtma berdi.

Yana oxirgi modeldagi 30 ta samolyot Xiamen Airlines’ga yetkazib beriladi. Ikki kompaniya uchun bitimning umumiy miqdori 10,1 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Buyurtma qilingan samolyotlar China Southern havo floti yo‘lovchi sig‘imdorligini 11,7 foizga oshiradi.

Samolyotlar 2017-2021 yillar davomida yetkazib berilishi kutilmoqda.

Yevropaning Airbus konserni prognoziga ko‘ra, Xitoy 2024 yilga kelib jahonda birinchi raqamli aviatsiya bozoriga aylanadi, 2033 yilgacha xitoylik aviatashuvchilarga 5,3 mingta yangi samolyot kerak bo‘ladi. Boeing prognoziga ko‘ra, shu davr ichida 6020 ta samolyotga ehtiyoj yuzaga keladi.

Top