23:51 / 17.12.2015
6509

Lineker Mourinoning bo‘shatilishiga hazilomuz munosabat bildirdi

Angliyalik taniqli sobiq futbolchi Gari Lineker "Chelsi" Joze Mourinoning o‘rniga kimni olib kelish bo‘yicha o‘zining hazilomuz taklifini bildirib o‘tdi.

Uning fikricha, endilikda Joze Mourinoning o‘rnini u tomonidan jamoadan ketkazib yuborilgan shifokor Yeva Karneyro egallashi kerak.

"Yeva Karneyro!", degan u qisqagina qilib.

Lineker o‘zidan "Chelsi"ni kelgusida kim boshqarib borishi haqida fikr bildirishini so‘raganida u shunday javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida, APLning ilk turida "Chelsi"ning "Suonsi"ga qarshi o‘yini vaqtida ikki shaxs o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgandi. O‘sha o‘yin vaqtida Eden Azar maydonga yiqildi. Jamoa shifokori Yeva Karneyro murabbiydan ruxsat so‘ramasdan futbolchiga yordam ko‘rsatish uchun maydonga chopib ketdi, murabbiy esa uning ortidan baqirgancha qoldi. Mourino o‘yinda kerakli natija qayd etilmay turgan vaqtda vaqtni cho‘zishni xato deb hisoblagandi.

Shundan so‘ng, uning tashabbusi bilan Yeva Karneyro jamoadan ketkazildi. U hozirgacha Mourino bilan sudlashish jarayonida.

Uning ketishi jamoa futbolchilarining noroziliklariga sabab bo‘ldi.

Top