12:57 / 17.12.2015
8073

Mustaqillik maydonida yangi yil archasini o‘rnatish ishlari boshlandi

15 dekabr kunidan boshlab Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida yangi yil archasi va savdo rastalarini barpo etish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga asoslanib, UZ24 nashri xabar berdi.

Bu yilgi archaning balandligi 22 metr bo‘lishi, unga 10 mingdan ortiq o‘yinchoqlar ilinishi aytilgan. Bu maqsadda kran va mutaxassilar ishlamoqda.

Maydondagi savdo rastalari, shuningdek, mehmonlar uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar, atraktsion va tomoshalar haqida hozircha aniq ma'lumotlar berilmagan.

Archaning tayyor bo‘lishi kuni aniq emas. Mustaqillik maydonidagi yangi yil archasi bayram tadbirlari joriy yilning 28 dekabridan 2016 yilning 8 yanvariga qadar davom etadi.

Yangi yil tadbirlariga Madaniyat vazirligi xodimlari "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi, "O‘zbekteatr" jamoasi hamda Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda tayyorlanmoqda.

O‘zDJTU talabasi Gulnoza Qosimova tayyorladi.

Top