10:25 / 17.12.2015
2961

Oq uy: Obama AQSh nefti eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish haqidagi qonun loyihasini imzolashga tayyor

AQSh prezidenti Barak Obama hamon Kapitoliy tepaligida kelishilgan AQSh nefti eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatlayotgani yo‘q, biroq mazkur tashabbusning bir qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan byudjyet qonun loyihasini imzolashga tayyor. Bu haqda chorshanba, 16 dekabr kuni Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest brifing chog‘ida ma'lum qildi.

“Bu – biz qo‘llab-quvvatlayotgan siyosat emas, lekin u prezidentga qonun loyihasini imzolashiga xalal bermaydi”, – dedi Amerika ma'muriyati rahbarining rasmiy vakili. U shu yo‘l bilan AQSh Kongressi, respublikachi muxoliflar va hukmron Demokratlar partiyasi rahbarlari tomonidan 15 dekabrda 40 yildan buyon amalda bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar neftini xorijga eksport qilishni taqiqlovchi qonunni bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvga shu yo‘l bilan izoh berdi.

Ayni paytda AQSh kuniga 4,3 million barrel qayta ishlangan neft mahsulotlarini eksport qiladi. Amerika qonunchiligi esa milliy neft kompaniyalariga kuniga 500 ming barreldan ziyod neft xom-ashyosini sotishni taqiqlaydi.
Mamlakat Kongressi vakillari esa ikki oy ichida respublikachilar tomonidan taqdim etilgan Amerika nefti eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni ko‘zda tutgan qonun loyihasini yoqlab ikki marotaba ovoz berishdi.

Biroq har ikki holatda ham tashabbus senat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Kongress tomonidan shu hafta oxirida qabul qiladigan umumiy byudjyet-soliq qonun loyihasida mazkur taqiqning bekor qilinishi kutilmoqda.
Federal qonun ko‘rinishida AQSh neftining xorijga eksport qilinishini taqiqlovchi qonun 1975 yilda kuchga kirgan edi. Ushbu normativ-huquqiy akt arab davlatlari tomonidan 1973 yilda G‘arb davlatlari neftiga embargo qo‘yilishi munosabati bilan qabul qilingan.

Top