19:10 / 17.12.2015
2844

Pedro qishda Ispaniyaga qaytishi mumkin

Ispaniyaning "Atletiko" jamoasi ispaniyalik 28 yoshli hujumchi Pedroni qishda Angliyadan Ispaniyaga qaytarmoqchi.

Don Balon nashrining yozishicha, "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone uni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

2015 yilning yozida "Barselona" safidan "Chelsi"ga 25 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgan Pedro o‘tkazilgan 17 turdan keyin atigi 2ta gol urdi.

Top