09:12 / 17.12.2015
3254

Poroshenko: Ukraina YeI uchun Rossiya bilan erkin savdo bitimidan voz kechishga tayyor

Ukraina Rossiya bilan erkin savdo munosabatlarini bekor qilishga tayyor, deya ma'lum qildi Pyotr Poroshenko Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker ishtirokida o‘tkazilgan brifing chog‘ida. Mazkur brifing tafsilotlarini TASS yoritdi.

Ukraina yetakchisining so‘zlariga qaraganda, mamlakat Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdoni amalga oshirishni ko‘zlab bu yo‘ldan bormoqda.
“Ukraina buning bahosini Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo tartibini joriy etish orqali to‘lashga tayyor”, - dedi Poroshenko Rossiyaning MDH doirasida tashkil etilgan Ukraina bilan Erkin savdo zonasini bekor qilishiga izoh berar ekan.

Bundan avvalroq esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2016 yil 1 yanvardan Ukraina bilan erkin savdo hududi bo‘yicha shartnomaning to‘xtatilishi haqidagi farmonni imzolagani xabar qilingan edi. Qayd etilishicha, mazkur farmon davlatning manfaatlari va iqtisodiy xavfsizligiga ta'sir qiluvchi vaziyat sababli qabul qilingan.

Top