12:25 / 17.12.2015
5291

Qozog‘iston bosh vaziri Butunjahon internet forumida xitoy tilida chiqish qildi

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov Xitoyda o‘tgan internetni boshqarish bo‘yicha Ikkinchi butunjahon forumida xitoy tilida chiqish qildi. Bu haqda XXRning SSTV telekanali xabar berdi.

Masimovning chiqishi telekanalning Facebook’dagi sahifasida joylashtirildi.
Karim Masimov 1988-1989 yillarda Pekin til institutida ta'lim olgan, 1989-1991 yillarda Uxan yuridik universitetida stajirovka o‘tagan, shu bois xitoy tilini biladi.

Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoq orqali uning chiqishini tomosha qilganlar bosh vazir xitoy tilini biroz unutganiga, noto‘g‘ri talaffuz qilayotganiga, jumladan, ohanglar qoidasini buzayotganiga e'tibor qaratishdi.

 

Premer-ministr Kazaxstana Karim Masimov vystupil s rechyu na kitayskom yazyke na vtoroy Vsemirnoy konferentsii po upravleniyu Internetom.#WIC #WIC2015

Posted by CCTV on 15 dekabrya 2015 g.
Top