19:58 / 17.12.2015
8767

Rossiya byudjyetini “abramovich”larda o‘lchashdi

G‘arbning bir qator ommaviy axborot kanallari Rossiya byudjyetining “abramovich”larga konvertatsiyasini amalga oshirdilar. Bu shartli birlik bo‘lib, 1 “abramovich” 7.9 mlrd dollarga tengdir (Forbes ma'lumotlariga qaraganda, bugungi kunda tijoratchi Roman Abramovichning boyligi mana shunday baholanadi).

Hisob-kitoblarga qaraganda, Rossiya g‘aznasining 2016 yildagi daromadi 25.2 “abramovich”ni tashkil qiladi.

Byudjyet parametrlari “barchaga tushunarli va murakkab materialni o‘zlashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar tug‘dirmaydigan” bir shaklda hisoblab va o‘rganib chiqildi. Dastavval makroiqtisodiy birliklardan foydalanish rejalashtirilgan edi (“proxorov” va “deripaska”lar singari), lekin rossiyaliklar oligarx deganda birinchi navbatda Abramovichni tushunishi inobatga olindi.

2016 yilda byudjyet 25.2 “abramovich”ga boyishi bilan birga, xarajatlar 29.5 “abramovich”ni, kamomad esa 4.3 “abramovich”ni tashkil etadi. Ijtimoiy siyosatga 8.13, mudofaaga 5.77, ta'lim tizimiga 1.06, sog‘liqni saqlashga 0.89, madaniyatga 0.16 “abramovich” sarflanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, yil oxirida Zaxira jamg‘armasida 2.25 “abramovich” bo‘lishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan 2016 yilning federal byudjyeti haqidagi qonunga muvofiq daromad 13.738 trln, buromad 16.099 trln rubl hajmida rejalashtirilgan. Kamomad 2.36 trln rublni (YaIMning 3 foizi) tashkil etilishi kutilmoqda. Byudjyet Urals neftining bir barreli narxi 50 dollarni tashkil etishiga asoslanib tuzilgan.

Top