22:46 / 17.12.2015
3519

Samsung 128 Gb hajmli Pro Plus xotira kartasini namoyish qildi

Samsung kompaniyasi 128 Gb hajmli, yuqori tezlikdagi Pro Plus xotira kartasini namoyish qildi. Yangi modelning o‘qish va yozish tezligi mos ravishda 95 va 90 Mb/sekundni tashkil qiladi.

O‘qish-yozishning yuqori tezligi birinchi navbatda qimmatbaho smartfonlar egalarida qiziqish uyg‘otadi. Samsung’ning oxirgi avloddagi flagman smartfonlari egalari bu kartadan foydalana olishmaydi, chunki ularda microSD uchun slot mavjud emas.

Pro Plus qatorida 32 va 64 Gb li xotira kartalari mavjud. Ular 2015 yil mayida savdoga chiqarilgan. Bu seriyadagi barcha xotira kartalari namlik, rentgen nurlanish va magnit maydoni ta'siridan himoyalangan va haroratning keng diapazonlarida ishlay oladi.

128 GBli Samsung Pro Plus xotira kartalari AQShda 200 dollardan sotuvga chiqariladi.

Top