11:22 / 17.12.2015
2852

Tiago Alkantara: Messi o‘ziga qarshi o‘ynashga imkon qoldirmaydi

"Bavariya" jamoasi yarim himoyachisi Tiago Alkantara o‘zining sobiq jamoadoshi, "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga qarshi o‘ynash qay darajada murakkabligi haqida aytib o‘tdi.

"Siz Messiga qarshi o‘yin oldidan uni o‘rganish uchun uning harakatlarini tomosha qilishingiz kerak bo‘ladi. Shunda unga qarshi muvaffaqiyatli o‘ynash ilojsiz ish ekaniga amin bo‘lasiz.
Shuningdek, "Barselona"daligimda Xavidan ko‘p narsa o‘rganganman. Uning barcha harakatlari aniq va samarali bo‘lardi", deydi Alkantara.

Top