12:53 / 17.12.2015
9389

Toshkentda shaxsiy uydan 16 ming dollar o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

Toshkentlik ayol notanish uydan 16 ming dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “Na postu” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Nargiza ismli ayol bolasini mahallada aylantirib yurish bahonasida “o‘lja” qidirgan.

Bir kuni o‘zi boy deb taxmin qilgan Ozoda ismli ayolga yaqinlashib, turli bahonalar bilan uning uyiga kirib, telefonini quvvatlantirishga ruxsat so‘ragan. Uyga kirib, telefonni tokka ular ekan, stol ustidagi kalitni olib chiqib ketgan, telefonini olib ketishga qaytganida esa qaytarib joyiga qo‘yib ketgan; bu orada u kalitdan nusxa ko‘chirishga ulgurgan edi.

Bir kuni Nargiza mazkur xonadonda hech kim yo‘qligini bilib, u yerga o‘g‘rilikka kirgan va seyfni ochib, 16 ming dollar o‘g‘irlab ketgan.
Uy egasining arizasi asosida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, o‘g‘ri tez orada qo‘lga olindi.

Top