21:43 / 17.12.2015
4894

Venger "Chelsi"ning mavsum yakunida ligani tark etishi imkoniyatlari haqida gapirdi

Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger shu shaharning boshqa bir jamoasi, bosh murabbiysiz qolgan "Chelsi"ning mavsumdagi ishtirokiga baho berdi. U "Chelsi" hozirda turnir jadvalining quyi pog‘onalaridan birida joylashganiga qaramasdan, mavsum yakunigacha yuqorilashiga ishonch bildirgan.

Uning aytishicha, "nafaqaxo‘rlar"ning hozirgi o‘rni vaqtinchalikka.

"Chelsi" turnir jadvalida hozirda ega bo‘lgan o‘rniga ko‘ra, APLni tark etishi mumkin bo‘lgan jamoalar qatorida turibdi. Lekin ular ligani tark etmaydi. Ularga chempionshipga tushib ketish xavfi tahdid solmayapti, ular ligani tark etishining iloji yo‘q. Qolaversa, jamoa tarkibi kuchli futbolchilardan iborat. "Chelsi" ayni damda tushkunlik davrini boshdan kechirmoqda va bu davr o‘tib ketad", deydi fransiyalik mutaxassis.

Top