19:07 / 17.12.2015
3117

WSJ: xitoylik ota-onalar iqtisodiy sharoit sababli ikkinchi farzand tug‘ilishini istamayapti

Xitoy mamlakatdagi demografik vaziyatni o‘nglash maqsadida yaqindagina oilalarga ikki va undan ortiq farzand ko‘rishni cheklashga qaratilgan qoidani bekor qilgan edi. Biroq ko‘plab juftliklar ikkinchi farzandni dunyoga keltirishga shoshganlaricha yo‘q, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal gazetasi.

Maqola mualliflarining qayd etishlaricha, yangi siyosat mehnat bozoridagi inqirozni bartaraf etish hamda iste'molni rag‘batlantirishga xizmat qilishi lozim edi. Biroq demograflarning kayfiyati tushkun ahvolda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, murakkab iqtisodiy sharoit sababli ko‘plab ota-onalarni ikkinchi farzandni tarbiyalashga kirishishni to‘ng‘ichiga nisbatan “moliyaviy jinoyat” sifatida qaramoqda.

Onalardan biri Chen Tsyan uning o‘g‘li tahsil olayotgan xususiy maktab har yili oila byudjyetiga 4,7 ming dollarga tushishini ma'lum qilgan. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar, masalan, ingliz tili va fortepiano uchun ota-ona yiliga 1,5 ming dollar sarflaydi. 8 yoshli bola uchun oila byudjyetining 3-5 foizi sarflanishiga qaramasdan, ayol turmush o‘rtog‘ining ikkinchi farzandli bo‘lishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi.

Janubi-g‘arbiy universitet moliyachilarining ma'lumotlariga ko‘ra, xitoylik o‘rtacha daromadli ota-onalar farzandi dunyoga kelganidan keyingi 18 yil ichida uning uchun o‘rtacha 30 ming dollar sarflasa, AQShda ota-onalar buning uchun taxminan 245 ming dollarni ajratishadi.

Top