20:59 / 17.12.2015
2704

Yo‘l-transport hodisalari Qirg‘iziston iqtisodiyotiga har yili 250 million dollar zarar keltiradi

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Qirg‘iziston iqtisodiyoti yo‘l-transport hodisalari sababli yiliga 250 million dollar yoki mamlakat YaIMning 4 foizini yo‘qotadi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV YPX rahbari Sergey Dyachenko 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YTHda odamlarning hayotdan ko‘z yumishi davlatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Zero ularda asosan mehnatga layoqatli yoshdagi yoshlar vafot etmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda Qirg‘izistonda 6 ming 656 avariya qayd etilgan bo‘lib, ularda 976 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 9 ming 847 kishi jarohat olgan.

Top