00:27 / 18.12.2015
3524

AQSh yanvardayoq Erondan bir qator sanksiyalarni bekor qilishi mumkin

AQSh 2016 yil yanvaridayoq Erondan bir qator sanksiyalarni bekor qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Bu haqda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri AQSh kongressi senatining xalqaro aloqalar qo‘mitasiga yo‘llagan maktubida ma'lum qildi.

Kerri Tehron yadroviy kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganini aytgan. Bundan tashqari, maktubga ko‘ra, Eron yadroviy qurol yaratish bilan shug‘ullanmayapti.

Top