23:45 / 18.12.2015
4975

Istanbul aeroportida Yevropa davlatlarining 148 ta pasport blankasiga ega ikki kishi qo‘lga olindi

Istanbul aeroportida pitssa tayyorlash uchun mo‘ljallangan qurilmada Yevropa davlatlarining 148 ta pasport blankasini xorijga olib chiqishga harakat qilgan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya hukumati vakili ma'lumotiga asoslanib, Associated Press axborot agentligi xabar qildi

Xabarda aytilishicha, olingan hujjatlar haqiqiy bo‘lgan. Asosan ular fransuz pasportlari hamda Germaniya, Buyuk Britaniya va Irlandiya pasportlari bo‘lgan.

Politsiya turk millatiga mansub Belgiya fuqarosi hamda Suriya fuqarosini qo‘lga olgan.

Huquq-tartibot muassasalari bu pasportlar kimga mo‘ljallanganini aniqlashmoqda.

Top