11:33 / 18.12.2015
2689

Karneyro yanvar oyida "Chelsi"ga qaytishi mumkin

"Chelsi" jamoasini sobiq bosh murabbiy Joze Mourino bilan ziddiyat tufayli tark etgan shifokor Yeva Karneyro yangi yilda eski jamoasiga qaytishi mumkin. Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, Mourinoning ishdan bo‘shatilishi ortidan Karneyro ishga qaytishi kutiladi.

"Chelsi" rahbarlari murabbiy va shifokorning munosabatlari jamoadagi muhitni buzgan deb hisoblamoqda va shifokorning qaytishi muhitni yaxshilashiga umid bildirilmoqda.

Ayni damda Karneyro ishsiz bo‘lib, “Chelsi” mashg‘ulotlari bazasi yaqinida istiqomat qilmoqda.

Avvalroq shifokorning advokatlari uni “Chelsi”ga qaytib ishga olishlarini talab qilib chiqishdi.

Tomonlar bu borada 6 yanvar kuni uchrashishlari aytilgan. "Chelsi" esa bu ixtilofning tezroq hal qilinishini istaydi.

Yeva Karneyro Mourinoni sudga beradi

Yeva Karneyro o‘zini "Chelsi"ga qaytarishlarini talab qilmoqda

Top