09:04 / 18.12.2015
3530

Klarkson Mourinoni Amazon`da ishlashga taklif etdi

Top Gear teledasturida boshlovchilik qilish orqali tanilgan, shu yilning bahorida jamoa bilan ziddiyatga borgach, ishdan ketib hozirda Amazon kompaniyasida faoliyat ko‘rsatayotgan Jyeremi Klarkson "Chelsi"dan haydalgan murabbiy Joze Mourinoni qo‘llab-quvvatlab chiqdi. U o‘z tvitterida Mourinoni o‘zi bilan ishlashga chaqirdi.

"Joze. Amazon`ga kel", deb yozadi Klarskon.

U bu jamoada nima ish qilishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.

The Mirror nashrining yozishicha, gap Amazon Prime nomli yangi avtomobil shou haqida ketmoqda.

17 dekabr kuni Mourinoning "Chelsi"dan ketishiga Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron tomonidan munosabat bildirilgan. U bu xabarni eshitib afsusga tushganini bildirgan va unga mamlakatda boshqa ish topilishi mumkinligini e'tirof etgan.

Mourinoning o‘rniga jamoani mavsum oxirigacha Gus Xiddink boshqarib turishi aytilgan.

"Chelsi" Joze Mourinoni iste'foga chiqardi

Top